AsosiyDunyo

​Bordo shahrida 200 ta avtomashinaning g`ildiragi teshildi

'​Bordo shahrida 200 ta avtomashinaning g`ildiragi teshildi'ning rasmi

Fransiyaning Bordo shahrida 1 mayga o`tar kechasi 200 ta avtomobilning g`ildiragi teshildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Bordo shahar polisiya uchastkasiga o`nlab haydovchilar bir xil shikoyat — avtomobillarining g`ildiragi teshilganligi holati yuzasidan murojaat qilishdi. Arizachilarning soni 200 taga etdi. Barcha avtomobillarning ikkitadan — old va orqa g`ildiraklaridan bittasi teshilgan. Har bir avtomobil g`ildiragidagi 2 santimetr yirtilgan joyga qarab, jinoyatchi g`ildiraklarni pichoq yordamida teshgan, deb taxmin qilindi. Bordo shahrida mazkur holatga ilk marotaba duch kelingani yo`q. O`tgan yilning dekabr oyida noma`lum shaxs 48 ta avtomashina g`ildiragini teshgan edi. Ammo polisiyachilar uni topa olmagan edi.

Boshqa yangiliklar