AsosiyJamiyat

​“Diyor” telekanali o`rniga yangi teleradiokanal tashkil etiladi

'​“Diyor” telekanali o`rniga yangi teleradiokanal tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Diyor" telekanali tugatilib, uning o`rniga "O`zbekiston 24" deb nomlangan yangi informasion teleradiokanal tashkil etiladi. Bu haqda jurnalist Husan Ermatov o`zining Facebook`dagi sahifasida ma`lum qildi.

Jurnalistning fikricha, tashkil etiladigan yangi kanal “Uzreport” telekanaliga o`ziga xos jiddiy raqobatchi bo`ladi.

Televidenie va ayniqsa teleinformasiya yo`nalishida mamlakatimizda sanoqli professionallardan bo`lgan Bobur Botirovichning televideniega qaytishi informasiyaga bo`lgan ehtiyojlarni qoplashda ancha yangiliklar kiritishi ehtimoli isbotini topmoqda!”,—deb yozadi Husan Ermatov.

    Boshqa yangiliklar