AsosiySport

Vitaliy Denisov “Lokomotiv” safida Rossiya Kubogi sohibi bo`lib, Evropa Ligasida o`ynaydigan bo`ldi

'Vitaliy Denisov “Lokomotiv” safida Rossiya Kubogi sohibi bo`lib,  Evropa Ligasida o`ynaydigan bo`ldi 'ning rasmi

Rossiya Kubogi finalida Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi “Ural” futbolchilariga qarshi maydonga tushdi.

Anagina murosasiz va kurashlar ostida o`tgan o`yinda “temiryo`lchilar” 2:0 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega bo`ldi. O`zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov uchrashuvni to`liq o`tkazib, “Lokomotiv”ning muvaffaqiyatiga o`z hissasini qo`shdi.

Mazkur sovrin “Lokomotiv”ga Evropa Ligasida ishtirok etish huquqini beradi. Ayni vaqtda “temiryo`lchilar” mamlakat chempionati yakunlanishiga 4 tur qolganida 35 ochko bilan 8-pog`onada bormoqda.

Rossiya Kubogi
Final
3 may, seshanba

“Ural” – “Lokomotiv” 0:2 (0:0, 0:2)

Gollar: 0:1 – 76 I.Denisov, 0:2 – 90 Miranchuk.

“Ural”: Zabolotny, Novikov, Tabidze, Balajis, Dansev, Emelyanov (Manucharyan, 80), Bikfalvi, Dimitrov (Glushkov, 89), Lungu, Ilin, Pavlyuchenko (Fidler, 46).

“Lokomotiv”: Gilerme, Ignatev, Kverkveliya, Peychinovich, Vitaliy Denisov, Tarasov, I.Denisov, Fernandesh, Maykon (Farfan, 85), Al.Miranchuk, Ari.

Ogohlantirishlar: Lungu (49), Balajis (65), Ilin (69)

Chetlatishlar: Manucharyan (90), Fidler (90) – Ari (90), Farfan (90).

Boshqa yangiliklar