AsosiyDunyo

​Janubiy Koreya portida kran qulashi oqibatida besh kishi halok bo`ldi

'​Janubiy Koreya portida kran qulashi oqibatida besh kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Janubiy Koreyaning Kodze portida ikki kranning to`qnashuvi natijasida ulardan biri qulab, besh kishining hayotiga zomin bo`ldi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.

Koreyaning “Ryonxap” agentligi bergan xabarga ko`ra, voqea oqibatida olti kishi jiddiy o`n to`rt kishi engil jarohat oldi. Jabrlanganlar yaqin oradagi kasalxonalarga yotqizildi. Voqea Samsung Heavy Industries verfida sodir bo`ldi. Kompaniya xodimining so`zlariga qaraganda bu so`nggi bir necha yil davomida ro`y bergan eng yirik favqulodda hodisadir. Voqeaga oydinlik kiritilmoqda, jabrlanganlarni qutqarish ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar