O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Eron termasi O`zbekistonga qarshi o`yin oldidan Chernogoriya futbolchilari bilan o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.
Mazkur bellashuv 4 iyun kuni Chernogoriya poytaxti Podgorisa shahrida bo`lib o`tadi. JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o`rin olgan Eron – O`zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o`tkaziladi. O`yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilandi.
Eslatib o`tamiz, JCh–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O`zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha 3-pog`onada bormoqda.






