AsosiySport

O`zbekistonlik hakam plyaj futboli bo`yicha JCh uchrashuvini boshqardi

'O`zbekistonlik hakam plyaj futboli bo`yicha JCh uchrashuvini boshqardi 'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov Bagam orollarida davom etayotgan plyaj futboli bo`yicha Jahon chempionati o`yinlaridan birini boshqardi.

Baxtiyor Namozov Polsha va Braziliya o`rtasidagi o`yinda bosh hakam vazifasini bajardi. Unga guamlik Migel Lopes hamda Solomon orollari vakili Ugo Pado yordam berdi. Vaqt nazoratchisi bo`lib Ibrohim al-Mansuriy ishladi. Ushbu bellashuvda braziliyaliklar 7:4 hisobida g`alaba qozondi.

Avvalroq o`zbekistonlik hakam JCh doirasidagi Braziliya va Taiti (4:1) o`rtasidagi o`yinda vaqt nazoratchisi bo`lib ishlagandi.

Ma`lumot uchun, plyaj futboli bo`yicha Jahon chempionati 27 aprel kuni start oldi va unda 16 mamlakat terma jamoasi ishtirok etmoqda. Musobaqa 7 may kuniga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar