AsosiySport

JCh–2018 saralashi. Eron – O`zbekiston uchrashuvining boshlanish vaqti ma`lum bo`ldi

'JCh–2018 saralashi. Eron – O`zbekiston uchrashuvining boshlanish vaqti ma`lum bo`ldi 'ning rasmi

2018 yili Rossiyada bo`lib o`tadigan Jahon chempionatiga so`nggi saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida O`zbekiston terma jamoasi safarda Eron bilan bahs olib boradi.

Mazkur uchrashuv 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o`tkaziladi. O`yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilandi.

Eslatib o`tamiz, JCh–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O`zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha 3-pog`onada bormoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar