AsosiyJamiyat

​IIVning murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markazi ishga tushirilmoqda

'​IIVning murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markazi ishga tushirilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 10 apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlashda ularning mas`uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni talablariga muvofiq, Ichki ishlar vazirligining Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi tashkil etildi.

Mazkur boshqarma tarkibida “Murojatlarni telefon orqali qabul qilish markazi - tashkil etildi. Bu markaz joriy yilning 17 aprel kunidan test rejimida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Bu markazning afzallik tomoni shundaki, fuqarolar Respublikamizning barcha hududlaridan to`g`ridan-to`g`ri yagona markazlashgan qisqa raqamli ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilib, o`zlarining og`zaki murojaatlarini amalga oshirishlari mumkin bo`ladi.

Boshqa yangiliklar