O`zbekiston milliy terma jamoasi hamda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov O`zbekistondagi OAV vakillari orasida o`tkazilgan so`rovnomaga ko`ra mamlakatning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi.
O`zbekiston terma jamoasi sardori o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra eng yaqin ta`qibchilari – Qatarning “As-Sayliya” klubida to`p surayotgan Temurxo`ja Abduxoliqov hamda Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisovni ortda qoldirdi.
Qayd etish kerakki, Odil Ahmedov beshinchi marta O`zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deya e`tirof etildi. Bungacha yarim himoyachi 2009, 2011, 2014 va 2015 yillarda O`zbekistonda yil futbolchisi bo`lgandi.
OAV vakillari ovoziga ko`ra O`zbekistonning eng yaxshi futbolchilari kuchli uchligi:
1. Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy) – 33 ochko
2. Temurxo`ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar) – 22 ochko
3. Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya) – 16 ochko
| № | Futbolchi | I | II | III | Jami |
| 1. | Odil Ahmedov | 8+1 | 2 | 1 | 33 |
| 2. | Temurxo`ja Abduxoliqov | 3 | 3+1 | 5 | 22 |
| 3. | Vitaliy Denisov | 1 | 5 | 2+1 | 16 |
| 4. | Aleksandr Geynrix | 2 | 1 | 2 | 10 |
| 5. | Eldor Shomurodov | 3 | 1 | 7 | |
| 6–7. | Sardor Mirzaev | 1 | 3 | ||
| 6–7. | Sardor Rashidov | 1 | 1 | 3 | |
| 8. | Jaloliddin Masharipov | 1 | 2 | ||
| 9–11. | Shohruz Norxonov | 1 | 1 | ||
| 9–11. | Ilhom Yunusov | 1 | 1 | ||
| 9–11. | Fozil Musaev | 1 | 1 |
Ovoz berish jarayonida quyidagi OAV tashkilotlari hamda jurnalistlar (blogerlar) va klublar matbuot xizmati* ishirok etdi.
| № | Tashkilot | 1-o`rin | 2-o`rin | 3-o`rin |
| 1. | “O`zbekiston futboli” | O. Ahmedov | J. Masharipov | E. Shomurodov |
| 2. | “Erudit Sport” | A. Geynrix | V. Denisov | O. Ahmedov |
| 3. | “Olamsport” | O. Ahmedov | A. Geynrix | T. Abduholiqov |
| 4. | FIFA.uz | O. Ahmedov | V. Denisov | T. Abduholiqov |
| 5. | “Uzbekskaya Kuxnya” | O. Ahmedov | T. Abduholiqov | A. Geynrix |
| 6. | Championat.asia | T. Abduholiqov | E. Shomurodov | Sh. Norxonov |
| 7. | UzReport TV | V. Denisov | O. Ahmedov | T. Abduholiqov |
| 8. | “Futbol Ekspress” | S. Mirzaev | O. Ahmedov | T. Abduholiqov |
| 9. | “Offsayd” | T. Abduholiqov | E. Shomurodov | I. Yunusov |
| 10. | Fut.uz | O. Ahmedov | S. Rashidov | V. Denisov |
| 11. | “Sport” TV – Xabarlar | A. Geynrix | V. Denisov | O. Ahmedov |
| 12. | “O`zbekiston Ovozi” | T. Abduholiqov | V. Denisov | A. Geynrix |
| 13. | O`FA | O. Ahmedov | V. Denisov | T. Abduholiqov |
| 14. | “Chempion” | T. Abduholiqov | S. Mirzaev | E. Shomurodov |
| 15. | Stadion.uz | A. Geynrix | E. Shomurodov | T. Abduholiqov |
| 16. | “Navbahor” PFK | O. Ahmedov | V. Denisov | E. Suyunov |
| 17. | “Lokomotiv” PFK | O. Ahmedov | J. Masharipov | E. Shomurodov |
| 18. | Dmitriy Popov | A. Geynrix | V. Denisov | O. Ahmedov |
| 19. | Mavlon Shukurzoda | O. Ahmedov | A. Geynrix | T. Abduholiqov |
*Jurnalistlar (blogerlar) va klublar matbuot xizmati ovozi bitta guruh ostida birlashtirildi va jadvalda ularning ovozi “+1” qilib belgilandi.
2016 yilning eng yaxshi murabbiyi so`rovnomasida Qarshining “Nasaf” futbol klubi ustozi Ro`ziqul Berdiev g`olib bo`ldi. “Lokomotiv” bilan O`zbekiston chempioni va mamlakat Kubogi sohibiga aylangan Andrey Miklyaev ikkinchi o`rinni, O`zbekiston U-19 termasi bilan Osiyo chempionatida ishtirok etib, chorak finalga qadar etib borgan Jasur Abduraimov uchinchi o`rinni egalladi.
1. Ro`ziqul Berdiev (“Nasaf”) – 32 ochko
2. Andrey Miklyaev (“Lokomotiv” Toshkent) – 23 ochko
3. Jasur Abduraimov (O`zbekiston U-19) – 13 ochko
| № | Murabbiy | I | II | III | Jami |
| 1. | Ro`ziqul Berdiev | 6 | 5 | 3+1 | 32 |
| 2. | Andrey Miklyaev | 6+1 | 2 | 23 | |
| 3. | Jasur Abduraimov | 2 | 2 | 3 | 13 |
| 4. | Jamshid Saidov | 3 | 1 | 7 | |
| 5–6. | Sergey Lushchan | 2 | 1 | 5 | |
| 5–6. | Samvel Babayan | 1+1 | 1 | 5 | |
| 7–9. | Rustam Mirsodiqov | 2 | 2 | ||
| 7–9. | Ilhom Mo`minjonov | 1 | 2 | ||
| 7–9. | Hamid Aktamov | 1 | 2 | ||
| 10–13. | Mirko Elichich | 1 | 1 | ||
| 10–13. | Ilhom Sharipov | 1 | 1 | ||
| 10–13. | Ja`far Irismetov | 1 | 1 | ||
| 10–13. | Davron Fayziev | 1 | 1 |
Ovoz berish jarayonida quyidagi OAV tashkilotlari hamda jurnalistlar (blogerlar) va klublar matbuot xizmati* ishirok etdi.
| № | Tashkilot | 1 o`rin | 2 o`rin | 3 o`rin |
| 1. | “O`zbekiston futboli” | R. Berdiev | J. Abduraimov | R. Mirsodiqov |
| 2. | “Erudit Sport” | R. Berdiev | S. Lushan | A. Miklyaev |
| 3. | “Olamsport” | J. Abduraimov | R. Berdiev | A. Miklyaev |
| 4. | FIFA.uz | R. Berdiev | J. Saidov | J. Abduraimov |
| 5. | “Uzbekskaya Kuxnya” | A. Miklyaev | S. Babayan | R. Berdiev |
| 6. | Championat.asia | R. Berdiev | J. Abduraimov | R. Mirsodiqov |
| 7. | UzReport TV | A. Miklyaev | R. Berdiev | S. Babayan |
| 8. | “Futbol Ekspress” | M. Elichich | R. Berdiev | S. Lushan |
| 9. | “Offsayd” | R. Berdiev | J. Saidov | J. Abduraimov |
| 10. | FUT.uz | A. Miklyaev | J. Saidov | J. Irismetov |
| 11. | “Sport” TV – Xabarlar | A. Miklyaev | R. Berdiev | I. Sharipov |
| 12. | “O`zbekiston Ovozi” | R. Berdiev | X. Aktamov | D. Fayziev |
| 13. | O`FA | J. Abduraimov | R. Berdiev | J. Saidov |
| 14. | “Chempion” | A. Miklyaev | I. Mo`minjonov | J. Abduraimov |
| 15. | Stadion.uz | A. Miklyaev | S. Lushan | R. Berdiev |
| 16. | “Navbahor” PFK | S.Babayan | R.Berdiev | J.Saidov |
| 17. | “Lokomotiv” PFK | A.Miklyaev | J.Saidov | I.Mo`minjonov |
| 18. | Dmitriy Popov | S.Babayan | A.Miklyaev | S.Lushchan |
| 19. | Mavlon Shukurzoda | R.Berdiev | A.Miklyaev | E.Saidov |
*Jurnalistlar (blogerlar) va klublar matbuot xizmati ovozi bitta guruh ostida birlashtirildi va jadvalda ularning ovozi “+1” qilib belgilandi.






