AsosiySUG'DIYONA

​«Oh, maza» taomi — jigarlaringiz uchun jigardan ovqat

'​«Oh, maza» taomi — jigarlaringiz uchun jigardan ovqat'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 700 gr. jigar, 2 bosh piyoz, 2 dona tuxum, 6 osh qoshiq un, 1 stakan sut, 1 bog` shivit, o`simlik yog`i, smetana, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Jigarni o`rtacha kattalikdagi bo`laklarga bo`lib, 40 daqiqaga sutga solib iviting.

2. Piyoz va ivitilgan jigarni go`shtqiymalgichdan o`tkazing.

3. Shivitni maydalab to`g`rang.

4. Jigar qiymasiga tuxum, un, shivit, tuz va murch solib, aralashtiring. Smetana ham qo`shing.

5. Qizdirligan o`simlik yog`iga aralashmadan qoshiq bilan solib, qovurib oling.

Hohishingizga qarab unga ezilgan sarimsoq piyoz va mayonez ham qo`shishingiz mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat

Boshqa yangiliklar