AsosiySport

“Paxtakor” klubiga vaqtincha bosh murabbiy tayinlandi

'“Paxtakor” klubiga vaqtincha bosh murabbiy tayinlandi 'ning rasmi

“Paxtakor” futbol klubi yangi rahbariyati futbolchilar bilan uchrashuv o`tkazdi. Kecha, 26 aprel kuni “Paxtakor” futbol klubida rahbariyat a`zolari, murabbiylar shtabi va futbolchilar o`rtasida yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Paxtakor” klubi vise-prezidenti Bobur Shodiev boshqargan yig`ilishda klubning hozirgi ahvoli va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi. Klub bosh direktori Umid Axmatdjonov bundan keyin ham murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilar bilan bunday muloqotlar davom etishini ta`kidlab o`tdi.

Tadbirda Jasur Abduraimov “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi. Bugundan boshlab Jasur Abduraimov rasmiy ravishda “Paxtakor” futbol klubi bosh murabbiyi vazifasini bajarishga kirishdi.

Boshqa yangiliklar