AsosiyJamiyat

​Qoraqalpog`istonda 12 juft kelin-kuyovning nikoh va 21 bolaning sunnat to`yi bo`lib o`tdi

'​Qoraqalpog`istonda 12 juft kelin-kuyovning nikoh va 21 bolaning sunnat to`yi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Bek” to`yxonasida 12 juft kelin-kuyovning nikoh va 21 bolaning sunnat to`yi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tadbirda O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi U.Jalmenov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, yosh avlod huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda saxovatpeshalik, mehr-oqibat va bag`rikenglik muhitini mustahkamlash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta`kidladi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, Amudaryo tumani xotin-qizlar qo`mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda kam ta`minlangan oilalar farzandlarining baxtli onlari bayramona nishonlandi.

To`yxonaga yor-yor sadolari ostida kirib kelgan kelin-kuyovlarga tantanali ravishda nikoh uzugi va guvohnomalari, mebellar jamlanmasi sertifikatlari, to`y bolalarning har biriga velosiped va 1 million so`m mablag` qo`yilgan omonat daftarchasi topshirildi.

Kelin-kuyovlar va to`y bolalarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari, nuroniy otaxon va onaxonlar yoshlarning baxtiyor va farovon yashashi, hayotda munosib o`rin topishi, xalqparvar Prezidentimiz va mehr-muruvvatli insonlarning sog`-salomat bo`lishini tilab duo qildi.

Taniqli san`atkorlar ijrosida kuy-qo`shiqlar yangradi.

Tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi M.Erniyazov so`zga chiqdi

Boshqa yangiliklar