Bosh og`rig`iga sabab bo`luvchi omillar bir qancha. Og`riqdan tabletkalarsiz qutulishga uringan ma`qul. Ana shunday usullardan eng yaxshilarini quyida keltiramiz. Bosh og`rig`ida muzdek kompresc foyda berishi mumkin. Muzday suvga botirilgan matoni peshona va chakkaga qo`yamiz. Yana ham yaxshi foyda berishi uchun tuz(0,5litr suvga 1osh qoshiq tuz) yoki cirka(1litr suvga 1osh qoshiq cirka) qo`shish mumkin. Choy — bosh og`rig`iga qarshi sinalgan vositadir. Qora yoki ko`k choyni damlab yalpiz qo`shamiz. Ta`bga ko`ra shakar ham solsa bo`ladi. Issiqqina ichsangiz og`riq 10-15 daqiqada o`tib ketadi. Yalpiz efir moyi ham bosh og`rig`ida yaxshi samara beradi. Yalpiz efir moyi bilan chakkalar uqalanadi. Elka va bo`yin ham qo`shib uqalansa charchoqni olib tez foyda beradi. Oddiy suv yordamida bosh og`rig`idan xalos bo`lamiz. Bosh og`rig`ining oddiy va ko`p uchraydigan sabablaridan biri — suvsizlanishdir. Ayniqsa, issiq ob-havoda yoki sport bilan shug`ullanaganda. Shunday ekan kun davomida etarli miqdorda toza suv ichish — bosh og`rig`ining oldini oladi.
27.04.2017 05:17
Bosh og`rig`idan tabletkalarsiz xalos bo`lish yo`llari






