AsosiySport

PSJ yirik hisobda “Monako”ni engib, Fransiya Kubogi finaliga chiqdi (Video)

'PSJ yirik hisobda “Monako”ni engib, Fransiya Kubogi finaliga chiqdi (Video)'ning rasmi

Fransiya Kubogi yarim finalida PSJ jamoasi “Monako” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Ikkinchi tarkib bilan o`ynagan monegasklar raqibiga hech qanday qarshilik ko`rsata olmadi. Natijada parijiklar raqib darvozasiga 5 ta gol urdi.

Final yo`llanmasini qo`ga kiritgan PSJ bosh sovrin uchun “Anjer” bilan kuch sinashadi.

PSJ – Monako 5:0 (2:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 26 Draksler, 2:0 – 31 Kavani, 3:0 – 50, avtogol Mbe, 4:0 – 52 Matyuidi, 5:0 – 90 Markinos.

PSJ – Areolya, Mene, Markinos, Tiago Silva, Maksvell, Di Mariya (Lukas Moura, 55), Verratti, Matyuidi, Motta (Rabo, 64), Draksler, Kavani(Gonsalu Gedesh, 69).

Monako – de Sanktis, Diallo, Radji (Dabila, 59), Jorje, Mbe, Bole, Ndoram, Muyumba, Andzuana, Kardona, Jermen (Bondjovanni, 59).

Ogohlantirish: Diallo (84).

Boshqa yangiliklar