AsosiySUG'DIYONA

​Quymoqdan tort — mushkulingizni yanada osonlashtiramiz!

'​Quymoqdan tort — mushkulingizni yanada osonlashtiramiz!'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 500 ml. sut, 350 gr. un, 350 ml. quyuq smetana, 200 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq vanilinli shakar, 1 choy qoshiq o`simlik yoјi.

Tayyorlanishi: 1. Tuxumga shakar, tuz va vanilinli shakarni qo`shing. Keyin sutning 3/2 qismini solasiz. Yaxshilab aralashtirgach, un qo`shasiz. Endi qolgan sut va o`simlik yoјini qo`shamiz-da, yana bir bor yaxshilab aralashtiramiz.

2. Quymoqlarni pishirib olamiz.

3. Quyuq smetanaga shakar, vanilin qo`shing. Mikserda 5-7 daqiqa aralashtiramiz. Istakka ko`ra jelatin ham qo`shish mumkin.

4. Quymoqlar o`rtasiga kremdan surtib, yuzini ham istakka ko`ra bezating. Dasturxonga tortishdan avval biroz muddat muzlatkichda qoldirish maqsadga muvofiq.

1 soat 8 kishilik

Boshqa yangiliklar