AsosiySport

“Navbahor” sobiq futbolchisi vafot etdi

'“Navbahor” sobiq futbolchisi vafot etdi'ning rasmi

“Navbahor” futbol klubi bilan bir qator sovrinlarni qo`lga kiritgan sobiq futbolchi, murabbiy Tohir Madrahimov hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda O`zPFL rasmiy sayti ma`lum qildi.

“O`zPFL Tohir Madrahimovning olamdan o`tgani yuzasidan marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, – deyiladi xabarda.

“Darakchi” nashri ham yuqoridagi ta`ziyalarga qo`shilgan holda marhumning yaqinlariga sabr-toqat tilab qoladi.

Boshqa yangiliklar