Kanadalik ayol g`alati voqeani videoga oldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
U qunduzning ortidan 150 bosh qoramolni ergashtirib ketayotganining guvohi bo`ldi.
Ferma egasining aytishicha, qunduz dala bo`ylab inini izlagan. Uning paydo bo`lishi podaga qattiq ta`sir qilgan. Qoramollarga qunduzning harakati shu darajada qiziq tuyuldiki, yaylovni tark etib, uning ortidan yo`lga chiqqanliklarini o`zlari ham sezmay qolishdi. Fermerlar ularning yo`qolganini aniqlab, tezda ortga qaytarishdi.






