Evropa Ligasi chorak final javob o`yinida “Manchester Yunayted” o`z maydonida “Anderlext” futbolchilari bilan kuch sinashdi.
Anchagina qiziqarli va murosasiz bahsda mankunianlar qo`shimcha taymlarda 2:1 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo`llanma oldi.
Qayd etish kerakki, mazkur muvaffaqiyatdan keyin “MYu” mag`lubiyatsiz o`yinlari sonini 26 taga etkazib oldi.
Manchester Yunayted (Angliya) – Anderlext (Belgiya) 2:1 (1:1, 0:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 10 Mxitaryan, 1:1 – 32 Xanni, 2:1 – 107 Reshford.
Manchester Yunayted – Romero, Valensiya, Bayi, Roxo (Blind, 23), Shou, Kerrik, Pogba, Lingard (Fellayni, 60), Mxitaryan, Reshford, Ibrohimovich (Marsyal, 90).
Anderlext – Martines, Appia, Mboji, Spayich, Obradovich, Tilemans, Dendonker, Kipchu (Bruno, 64), Xanni (Stanchu, 64), Achimpong, Teodorchik (Telin, 79).
Ogohlantirishlar: Tilemans (11), Appia (97).
Dastlabki uchrashuv: 1:1.






