Clr Cff brendi asoschilari Adam va Devid Nad rangsiz, shaffof qahva ixtiro qilishdi. Bu haqda Tjournal nashri xabar bermoqda. Ularning aytishicha, resept ustida ishlash uchun 3 oy vaqt sarflangan. Mazkur loyiha qanchalik darajada muvaffaqiyatli bo`lishi hozircha noma`lum, biroq g`oyaning o`zi katta qiziqishlarga sabab bo`ldi.

Hozirgi kunda Clr Cff deb atalayotgan qahva faqat Buyuk Britaniya va Slovakiyada sotilmoqda. Har biri 200 ml hajmdagi qahvadan iborat 5 ta butilkaning narxi 15 evro qilib belgilangan. Britaniyada an`anaviy qahvaning bir porsiyasi 2 dollar ekanligini inobatga olganda narxlar unchalik qimmat emas, deb yozadi nashr.







