Buyuk Britaniyalik sayoh-biolog Aleksandr Makanga Malavidagi Livond Milliy xiyobonida yovvoyi tabiatni kuzatayotganda g`aroyib voqeaning guvohi bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
U timsoh va fil bolasining jangiga guvoh bo`ldi. YouTube kanaliga joylashtirilgan videoda fillar suv ichishga kelganda fil bolasiga timsoh hujum qilgani aks etgan. Timsoh filchaning xartumini tishladi. Fil bolasi boshini silkitib, undan qutulishga harchand harakat qilsa-da, foydasi bo`lmadi. Savannani fillarning ohu-faryodi tutdi. Katta fillardan biri yordam shoshilib, yirtqichni haydab yubordi. Video muallifi voqeaning naqadar jiddiy ekanligini, timsoh undan bor-yo`g`i bir necha qadam narida bo`lganligini, o`zi ham xavf-xatar ostida qolganini keyin anglagani haqida ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirdi.






