AsosiyJamiyat

​Koreya Respublikasida ishlashni istovchi O`zbekiston fuqarolarini ro`yxatga olish natijalari bekor qilindi

'​Koreya Respublikasida ishlashni istovchi O`zbekiston fuqarolarini ro`yxatga olish natijalari bekor qilindi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari Agentligi Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni istovchi fuqarolarni ro`yxatga olish va anketa to`ldirish jarayoni yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi.

Tashqi mehnat migrasiyasi masallari agentligi 2017 yilning 27-28-29-30 mart kunlari va 1-3 aprelda Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni istovchi fuqarolarni ro`yxatga olish va anketa to`ldirish jarayonini o`tkazgan edi.

Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi shuni ma`lum qiladiki, mazkur ro`yxatga olish jarayonida yuz bergan jiddiy texnik uzilishlar, Koreyada mehnat faoliyati yuritishni istovchi talabgorlar bilimini sinash jarayoni qatnashchilar orasida ko`plab anglashilmovchiliklar va noroziliklariga sabab bo`lganligi tufayli ro`yxatga olish natijalari bekor qilinadi.

Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni istovchi fuqarolarni ro`yxatga olish va anketa to`ldirish jarayoni qaytadan yanada yuqori texnik imkoniyatlar va kiberhujumlardan muhofaza etilgan holda, yangicha mukammallashtirilgan tartibda qaytadan o`tkaziladi.

Ro`yxatga olish sanasi va tartibi haqida qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Boshqa yangiliklar