Norozilik namoyishi qatnashchilari “Biz haqmiz, g`alaba biz tomonda!” degan shior bilan chiqdi, deb xabar berdi News.mail.ru nashri.
Yakshanba kuni Turkiyada o`tkazilgan referendum natijalaridan norozi bo`lgan ikki mingga yaqin odam Istambulning Osiyo qismidagi Kadike tumanida namoyish o`tkazishdi.
Mingga yaqin odam esa Beshiktosh tumanida namoyish o`tkazishdi. Mazkur namoyishlar tinch yo`l bilan o`tdi, deb xabar berilganiga qaramay, Antaliyadagi norozilik namoyishida 13 kishi qamoqqa olingani ma`lum bo`ldi.
Turkiyada 16 aprel kuni bo`lib o`tgan referendumda mamlakat Konstitusiyasiga o`zgartirish kiritish tarafdorlari g`alaba qozondi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, referendumga kelgan 86 % fuqarodan 51,3 foizi Konstitusiyaga o`zgartirish kiritish tarafdori bo`ldi. Unga ko`ra, Turkiyada parlament o`rniga prezident boshqaruvi yo`lga qo`yiladi va bosh vazir lavozimi bekor qilinadi. Prezident esa vise-prezident, vazirlar, sud Kollegiyasi a`zolari va prokurorni tayinlash huquqiga ega bo`ladi.
#YavşAKseçimKurumu herkes ysk nın bu kararına karşı çıkıyor herkes ses çıkarma eylemi yapsın sokaklara dökülsün ki bu yanlıştan dönülsün pic.twitter.com/ZuV9eISu0Q
— Osmanalt (@osman47mardin) 17 aprelya 2017 g.
Second night of protests in #beşiktaş despite heavy rain. Police riot vans parked around the corner. #istanbul #Turkey #Referendum pic.twitter.com/JARjSBRXgx
— sharon (@paisley_trees) 17 aprelya 2017 g.
Protest gehen #Referendum / #Erdogan in #Besiktas, Istanbul #dpareporter pic.twitter.com/2yr9AeSUlg
— Mirjam Schmitt (@MirjamSchmitt) 17 aprelya 2017 g.






