2017 yilning 18 aprel kuni soat 4:04 da respublikamizning ayrim hududlarida zilzila qayd etildi.
Zilzilaning epimarkazi Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo`nalishida 507 km uzoqlikda Afg`oniston hududi Hindukush tog`lariga to`g`ri keladi. Episentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi M=5,8 ni tashkil etdi.

“Toshkent” seysmostansiyasining bergan ma`lumotiga ko`ra, Respublika hududida seysmik faollik Toshkent shahrida 2 ballga yaqin, Namangan viloyatida 2 balldan kamroqni tashkil etadi.
O`zbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik aniqlanmagan. Zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmadi.






