AsosiySport

O`zbekiston o`smirlar termasi Armanistondagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

'O`zbekiston o`smirlar termasi Armanistondagi xalqaro turnirda ishtirok etadi 'ning rasmi

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi shu yilning 17–23 aprel kunlari Armaniston poytaxti Erevan shahrida tashkil etiladigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.

«Development Cup» nomli musobaqada O`zbekiston o`smirlar termasi Armaniston, Kipr va Makedoniya mamlakatidagi tengdoshlari bilan kuch sinashadi.

Dilshod Nuraliev mazkur musobaqaga 18 futbolchini tanlab oldi. Quyida ular bilan tanishing.

Darvozabonlar: Mo`minrizo Qodirov (“Bunyodkor”), Anvar Nazirov (“Andijon”);

Himoyachilar: Sardor Abdurashidxo`jaev (“Bunyodkor”), Alibek Davronov (“Nasaf”), Miraziz Saidov (“Paxtakor”), Muhammadyusuf Nosirov (“Bunyodkor”), Jasurbek Ablulbekov (“Bunyodkor”), Hurshid Ubaydullaev (“Bunyodkor”), Behzod Ne`matov (“Paxtakor”);

Yarim himoyachilar: Doniyor Sobirov (“Paxtakor”), Mirjalol Qosimov (“Nasaf”), Jaloliddin Sodiqov (“Bunyodkor”), Diyorbek Rahimqulov (“Bunyodkor”), Jasurbek Jaloliddinov (“Bunyodkor”), Mironshoh Sattorov (“Bunyodkor”);

Hujumchilar: Ruslan Ro`ziev (“Paxtakor”), Temur Mamasiddiroq (“Paxtakor”), Igor Chirkizov (“Paxtakor”).

Mazkur uchrashuvlar O`zbekiston o`smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar