Qatar Yulduzlar Ligasining 2016/17 yilgi mavsumi yakuniga etdi. Mazkur chempionatda to`p surayotgan o`zbekistonlik futbolchilar jamoalari quyidagi o`rinlarni egalladi:
“Al-Jaish” va Sardor Rashidov – 4-o`rin
“Al-Haraytiyat” va Sanjar Tursunov – 7-o`rin
“As-Sayliya” va Temurxo`ja Abduxoliqov hamda Sanjar Shoahmedov – 8-o`rin
Ushbu mavsumda Sardor Rashidov jami 15 ta gol kiritdi. Temurxo`ja Abduxoliqov hisobda 7 ta gol bor. Sanjar Tursunov va Sanjar Shoahmedov 2 martadan raqiblar darvozasiga gol urishga muvaffaq bo`ldi.






