Bugun soat 20:30da O`zbekiston xalq artisti, “Yalla” guruhi asoschilaridan biri Farruh Zokirovning tug`ilgan kuni munosabati bilan “Mening yurtim” telekanalida “Chin dildan” dasturining navbatdagi soni efirga uzatiladi.
Unda Farruh Zokirov jonli ijroda o`z repertuaridan bahramand etadi.
Dasturda Farruh Zokirov haqida ko`pchilik bilmagan ma`lumotlar oshkor qilinadi. Eng qizig`i konsert dasturi mutlaqo sahnalashtirilmagan va jonli voqealarga boy bo`ladi.
Ustoz uchun shogirdlari va MU5 ijodkorlari kutilmagan sovg`a ham hozirlagan!






