Qatar Yulduzlar Ligasi 26-turida O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Sardor Rashidov to`p surayotgan “Al-Jaish” safarda “Al-Sadd” klubi bilan to`qnash keldi.
Mazkur o`yinda tarkibida afsonaviy Xavi to`p surayotgan “Al-Sadd” 2:1 hisobida g`alaba qozondi. “Al-Jaish”ning yagona goliga Sardor Rashidov mualliflik qildi.
Ushbu o`yindan keyin “Al-Jaish” 45 ochko bilan 4-o`rindan joy oldi va manashu o`rinda mavsumni yakunladi.






