Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida 1978 yilda tug`ilgan fuqaro A. mast holda E.Alako`z ko`chasida, o`zaro janjal oqibatida 1963 yilda tug`ilgan fuqaroning yuz qismiga urib, tan jarohati etkazgan, deb yozadi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu erda vafot etgan.Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Agarda fuqaro spirtli ichimlik ichib mast bo`lmaganida, mazkur jinoyat sodir etilmagan bo`lardi”, —deyiladi xabarda.






