AsosiySport

Sergey Lushchan: “Zob Ahan”ga qarshi o`yin uchun tayyorlagan rejamiz bor

'Sergey Lushchan: “Zob Ahan”ga qarshi o`yin uchun tayyorlagan rejamiz bor 'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 3-turidan o`rin olgan “Bunyodkor” – “Zob Ahan” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg`ochlar” ustozi Sergey Lushchan va klub a`zosi Nurullo To`xtasinov o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

“Ertangi o`yinda g`alaba qozonishimiz zarur. Bizga oson bo`lmaydi, ammo buning uchun harakat qilamiz. “Bunyodkor” yoshlarga ishonishda davom etadi, ular o`zbek futbolining kelajagi. Akram Komilov sariq kartochkasi tufayli bo`lajak o`yinni o`tkazib yuboradi. Eldor Shomurodovda biroz charchoq alomatlari bor. Bundan tashqari, u terma jamoa oldida turgan muhim o`yin uchun jalb qilingan. Ertaga nima bo`lishini faqat vaqt ko`rsatadi.

Bo`lajak o`yin uchun tayyorlagan rejamiz bor. Bundan tashqari boshqa rejalar ham tuzib qo`yganmiz. Ammo ular haqida hozir ayta olmayman. Barchasi ertaga maydonda namoyon bo`ladi”, – dedi Sergey Lushchan.

“Bunyodkor”ertaga faqat g`alaba uchun maydonga tushadi. Jamoa bunga tayyor, ichki muhit ham yaxshi. Shuning uchun ertangi bahsda muvaffaqiyatga erishmoqchimiz. “Zob Ahan”dan qo`rqmasdan harakat qilamiz”, – deya o`z fikrini bildirdi Nurullo To`xtasinov.

Eslatib o`tamiz, “Bunyodkor” – “Zob Ahan” bellashuvi ertaga, 13 mart kuni bo`lib o`tadi. Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Boshqa yangiliklar