AsosiySport

Mujtaba Xusayni: O`zbek klublariga qarshi tajribamiz qo`l kelishiga umid qilaman

'Mujtaba Xusayni: O`zbek klublariga qarshi tajribamiz qo`l kelishiga umid qilaman 'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 3-turidan o`rin olgan “Bunyodkor” – “Zob Ahan” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida Eron klubi bosh murabbiyi Mujtaba Xusayni va klub a`zosi Muhammad Nujad Mehmed o`z fikrlarini aytib o`tdi.

“OChL turnirining dastlabki 2 o`yinida qayd etilgan natijalar “Bunyodkor” va “Zob Ahan” uchun bo`lajak uchrashuvning qanchalik muhimligini bildirib turibdi. Shuning uchun ertaga ikkala jamoa ham ijobiy natija uchun maydonga tushadi. “Bunyodkor” o`yinini o`rganib chiqdik. Ularning aynan qaysidir chizig`ini alohida ajrata olmayman, ularda jamoaviy o`yin yaxshi shakllangan. Lekin Doston Hamdamov, Eldor Shomurodov va Vadim Chemirtan kabi futbolchilarni alohida ta`kidlab o`tish mumkin.

Biz dastlabki ikki turda atigi 1 ochko jamg`ardik, ammo bundan tushkunlikka tushmaymiz. Qolgan uchrashuvlarda vaziyatni o`nglashga harakat qilamiz. Tarkibimizda bitta futbolchi maydonga tusha olmaydi. Biz o`zbek klublariga qarshi ko`p o`ynaganmiz. Lekin ular ortda qoldi va har bir bahs tarixda qoladi. Biroq ularga qarshi oldingi o`yiinlarda to`plagan tajribamiz ertaga yordam beradi, deb umid qilaman”, – dedi “Zob Ahan” bosh murabbiyi.

“Ertaga har ikki jamoa g`alaba uchun maydonga tushadi. Shuning uchun ertaga yaxshi va o`z navbatida qiyin o`yin bo`lishi aniq”, – dedi Muhammad Nujad Mehmed.

Eslatib o`tamiz, “Bunyodkor” – “Zob Ahan” bellashuvi ertaga, 13 mart kuni bo`lib o`tadi. Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Boshqa yangiliklar