O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi farmoyishi asosida mamlakatimizda mart-aprel oylari obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish oyligi, deb e`lon qilindi. Uning doirasida 11-12 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o`tkazilmoqda, deya xabar beradi O`zA.
Bugun erta tongdan mamlakatimizning barcha hududlarida butun xalqimiz, yoshu qari bahamjihat bo`lib aholi punktlari, xiyobonlar, ko`chalar, yo`llar, ko`p qavatli uylar atrofi, hovli-joylarni tozalashga kirishdi. Hasharchilarning sa`y-harakati bilan qabristonlar, muqaddas qadamjolar, tarixiy yodgorliklar atrofi obodonlashtirilmoqda. Navro`z bayrami munosabati bilan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan yangi inshootlar, namunaviy uy-joylar qurilishida usta-hunarmandlarga hasharchilar yaqindan ko`mak bermoqda.
Hashar mamlakatimizning barcha hududlarida uyushqoqlik va bahamjihatlik ruhida davom etmoqda.






