AsosiyDunyo

​Shveysariyadagi qahvaxonalardan birida mijozlar o`qqa tutildi

'​Shveysariyadagi qahvaxonalardan birida mijozlar o`qqa tutildi'ning rasmi

Juma kunga o`tar ko`chasi Shvesariyaning Bazel shahridagi qahvaxonalardan biriga noma`lum shaxslar bostirib kirib, mijozlarni o`qqa tutdi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.

Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, Shvesariyaning Bazel shahrida joylashgan “56” nomli qahvaxonaga ikki nafar erkak bostirib kirib, qahvaxonada o`tirgan mijozlarga qarata o`q uzgan va voqea joyidan yashiringan. Ikki kishi voqea joyida halok bo`ldi, bir kishi og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Ayni paytda polisiya hodisaning terakt yoki yollanma qotillik ekanligiga aniqlik kiritmoqda. Qahvaxona joylashgan ko`cha polisiya tomondan o`rab olindi. Voqea joyida tergovchilar ishlamoqda. Jinoyatchilarni qo`lga olish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar