Janubiy Koreya konstitusion sudi mamlakat prezidenti Pak Kin Xening impichmentini tasdiqladi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Bunga Pak Kin Xening dugonasi bilan birgalikda katta korrupsion janjalda ishtirok etgani sabab bo`ldi. Pak Kin Xe 60 yoshli dugonasi Chxve Sun Sil, yordamchilari bo`lmish An Chjon Bomu va Chjon Xo Sonular bilan hamkorlikda korrupsiyada va xizmat vazifasini suiiste`mol qilishda, davlat rahbari shu bilan birgalikda mamlakatga xiyonat qilishda ham ayblangan edi. Shundan keyin parlament uni egallab turgan lavozimidan ozod qilishga qaror qildi.
Pak Kin Xe Janubiy Koreyaning ilk ayol prezidenti hisoblanadi. U mamlakatni 2013 yilning 25 fevralidan beri boshqaradi. 65 yoshli Xe turmushga chiqmagan va farzandlari yo`q, u butun hayotini siyosiy karerasiga bag`ishlagan.






