AsosiySport

O`zbekiston ayollar terma jamoasi BAAni yirik hisobda mag`lubiyatga uchratdi

'O`zbekiston ayollar terma jamoasi BAAni yirik hisobda mag`lubiyatga uchratdi'ning rasmi

Ayni vaqtda BAAning Dubay shahrida o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazayotgan O`zbekiston ayollar terma jamoasi kecha, 9 mart kuni BAA ayollar termasiga qarshi bahs olib bordi.

Gollarga boy kechgan o`yinda Sherali Boboqulov shogirdlari 8:1 hisobida g`alaba qozondi. Mahliyo Sarikova va Lianna Narbekova xet-trik qayd etgan bo`lsa, Lyudmila Karachik va Kamola Risqieva o`z hisobiga bittadan gol yozdirib qo`ydi.

12 mart kuni O`zbekiston ayollar termasi BAAga qarshi navbatdagi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. Mazkur uchrashuvlar har ikki terma jamoa uchun Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichidagi ishtirokiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi.

O`zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi “B” guruhidan joy olgan bo`lib, final bosqichiga chiqish uchun Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi.

BAA saralashning “A” guruhidan o`rin olgan hamda final bosqichi yo`lida Iordaniya, Filippin, Bahrayn, Iroq va Tojikiston ayollar terma jamoasiga qarshi kuch sinashadi.

O`rtoqlik o`yini
Dubay, BAA
9 mart, payshanba

O`zbekiston – BAA — 8:1

Gollar: Risqieva (33), Karachik (49), Narbekova (50, 56, 60), Sarikova (58, 67, 77)

O`zbekiston: Laylo Tilovova, Zumrad Nazarova, Xolida Dadaboeva, Yulduz Nabieva, Kamola Risqieva, Nozima Kamoltoeva, Maftuna Shoyimova, Feruza Turdibaeva, Mahliyo Sarikova, Lianna Narbekova, Lyudmila Karachik.

Zaxira: Maftuna Jonimkulova, Mavluda Munavvarova, Dildora Nozimova, Maxfuza Turopova, Nilufar Qudratova, Umida Zoirova, Iroda Turdalieva.

Boshqa yangiliklar