Evropa Ligasi nimchorak final dastlabki o`yinida “Rostov” o`z maydonida “Manchester Yunayted” futbolchilarini qabul qildi.
Kurashlarga boy kechgan o`yinda tomonlar murosa ko`chasini tanladi. O`yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Uchrashuvning 35-daqiqasida Mxitaryan hisobni ochgan bo`lsa, 53-daqiqada Buxarov muvozanatni tikladi.
Rostov (Rossiya) – Manchester Yunayted (Angliya) 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 35 Mxitaryan, 1:1 – 53 Buxarov.
Rostov: Medvedev, Navas, Granat (Terentev, 18), Kudryashov, Mevlya, Eroxin, Kalachev, Gaskan, Noboa, Poloz, Buxarov (Azmun, 74).
Manchester Yunayted: Romero, Roxo, Smolling, Jons, Blind (Valensiya, 90), Errera (Kerrik, 90), Pogba, Fellayni, Yang, Mxitaryan (Marsyal, 67), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (21), Gaskan (25), Buxarov (44), Noboa (59), Kalachev (73), Errera (78).






