Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazayotgan O`zbekiston U-19 terma jamoasi kecha, 8 mart kuni BAA yoshlar termasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi.
Komron Saidazimov va Afzal Xolmuhamedov tomonidan kiritilgan gollar O`zbekiston yoshlar termasining ishonchli g`alabasini ta`minladi. Aleksandr Mochinov shogirdlari 10 mart kuni BAA U-19 terma jamoasiga qarshi yana bir o`rtoqlik o`yinini o`tkazadi.
BAAda o`tkazilayotgan o`quv-mashg`ulotlar yig`ini 2018 yili yoshlar o`rtasida bo`lib o`tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.
O`zbekiston U-19 – BAA U-19 — 2:0
O`zbekiston U-19: Umid Ergashev, Dilshod Saitov, Rahmatillo Mirzaahmedov, Ibrohim Yo`ldoshev, Abubakir Mo`ydinov, Suhrob Izzatov, Bobur Asqarov, Komron Saidazimov, Doniyor Abdumannopov, Jahongir Abdusamatov, Islom Kenjaboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Javohir Qilichev, Georgiy Ahmedov, Jasur Yoqubov, Orifjon Hakimjonov, Humoyun Abdusattorov, Xudoyorxon Sagdullaev, Afzal Xolmuhamedov.






