AsosiySport

“Lokomotiv” o`z tarkibiga qo`shib olgan yangi futbolchilarni tanishtirdi

'“Lokomotiv” o`z tarkibiga qo`shib olgan yangi futbolchilarni tanishtirdi 'ning rasmi

O`zbekistonning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibga 7 nafar yangi futbolchini qo`shib olgandi. Bugun, 7 mart kuni “Lokomotiv” stadionidagi matbuot anjumanlari zalida yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimi bo`lib o`tdi.

Tanishtiruv marosimida “Lokomotiv” klubi Bosh direktor o`rinbosari To`labek Akramov, jamoa bosh murabbiyi Andrey Miklyaev, jamoa murabbiyi Mirko Yelichich, shuningdek, yangi mavsum oldidan “temiryo`lchilar” safiga kelib qo`shilgan futbolchilar – Salamat Quttiboev, Shuhrat Muhammadiev, Diyor Turopov, Jaloliddin Masharipov, Murod Bobojonov, Muhammad Kone, Nore Krizo hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

“Lokomotiv” PFK Bosh direktor o`rinbosari To`labek Akramov joriy mavsumda jamoa oldiga qo`yilgan vazifalarga to`xtalib o`tdi.

“Lokomotiv” – O`zbekistonning amaldagi chempioni va Kubogi sohibi hisoblanadi. Jamoamiz oldiga yangi mavsumda ham kamida o`tgan yilgi natijalarni takrorlash hamda Osiyo Chempionlar Ligasida finalga qadar etib borish vazifasi qo`yilgan. Shunga monand ravishda tarkibni kuchaytirish ishlari olib borildi. To`g`ri, yangi mavsum oldidan jamoamizni bir qator tajribali futbolchilar tark etishdi. Biroq yangi kelganlar ularning o`rinlarini bilintirmasligiga ishonamiz”, – dedi To`labek Akramov.

Jamoa murabbiylari – Andrey Miklyaev hamda Mirko Yelichich yangi futbolchilar xususida o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Tanishtiruv marosimi davomida “Lokomotiv” PFK Bosh direktor o`rinbosari To`labek Akramov topshirdi.

Boshqa yangiliklar