Angliya chempionati 27-turida Londonning ikki jamoasi – “Vest Xem” va “Chelsi” o`zaro kurash olib borishdi.
London derbisi maqomida o`tgan mazkur o`yida “Chelsi” 2:1 hisobida g`alaba qozondi. Eden Azar va Diego Kostaning gollari “Chelsi”ga 3 ochko taqdim qildi.
Mazkur g`alabadan keyin Antonio Konte jamoasi ochkolari sonini 66 taga etkazib, eng yaqin ta`qibchisi “Tottenxem”dan 10 ochkoga o`zib ketdi.

Vest Xem – Chelsi 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 25 Azar, 0:2 – 50 Diego Kosta, 1:2 – 90 Lansini.
Vest Xem – Rendolf, Kuyate, Fonte, Rid (Bayrem, 64), Kressuell, Nobl (Fernandesh, 77), Obiang, Lansini, Feguli (Ayyu, 64), Kerroll, Snodgrass.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyxill, Mozes (Zuma, 76), Fabregas, Kante, Alonso, Pedro (Matich, 65), Diego Kosta, Azar (Villian, 75).
Ogohlantirishlar: Fabregas (45).






