O`zbekiston ayollar terma jamoasi 7–13 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazadi.
Yig`in doirasida terma jamoa 9 va 12 mart kunlari BAA ayollar termasiga qarshi ikkita o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi. O`zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Sherali Boboqulov yig`inga jalb etilgan futbolchilarni e`lon qildi.
Darvozabonlar: Tilovova Laylo ("Sevinch"), Jonimqulova Maftuna ("Sevinch");
Himoyachilar: Komoltoeva Nozima ("Metallurg"), Dadaboeva Xolida ("Metallurg"), Risqieva Kamola ("Sevinch"), Shoyimova Maftuna ("Sevinch"), Nabieva Yulduz ("Metallurg");
Yarim himoyachilar: Turdalieva Irodaxon ("Metallurg"), Nazarova Zumratjon ("Metallurg"), Zoirova Umida ("Bunyodkor"), Turobova Mahfuza ("Metallurg"), Turdiboeva Feruza ("Metallurg"), Munavarova Mavluda ("Metallurg"), Nozimova Dildora ("Metallurg");
Hujumchilar: Qudratova Nilufar ("Sevinch"), Karachik Lyudmila ("Metallurg"), Narbekova Lianna ("Bunyodkor"), Sarikova Maxliyo ("Metallurg").
BAAda bo`lib o`tadigan mazkur o`rtoqlik o`yinlari har ikki terma jamoa uchun Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichidagi ishtirokiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi.
O`zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi “B” guruhidan joy olgan bo`lib, final bosqichiga chiqish uchun Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston ayollar terma jamoasi FIFA reytingida 42-o`rinda (1540 ochko) bormoqda. BAA ayollar termasi 1280 ochko bilan 78-pog`onani band qilgan.






