AsosiyJamiyat

​Prezident Shavkat Mirziyoev «Navro`z» davlat qabullar uyida xotin-qizlarni tabrikladi

'​Prezident Shavkat Mirziyoev «Navro`z» davlat qabullar uyida xotin-qizlarni tabrikladi'ning rasmi

«Navro`z» davlat qabullar uyida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo`lib o`tdi.

Tadbiriga Qoraqalpog`iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan turli sohalarda mehnat qilayotgan ilg`or ayollar taklif etildi.

Bayram ishtirokchilari Mustaqillik va ezgulik monumenti – Baxtiyor ona haykali poyiga gullar qo`ydi. Poytaxtimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. O`zbek Milliy akademik drama teatrida “Iymon” spektaklini tomosha qildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tadbirda ishtirok etib, mamlakatimiz xotin-qizlarini ushbu ayyom bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari adabiyot, san`at, fan, ta`lim, madaniyat, sport sohalarida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan 15 qizga ana shu yuksak mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo`mitasi raisi T.Norboeva mamlakatimizda inson manfaatlarini ta`minlash, ayollarning turmush sharoitlarini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash, qobiliyat va intilishlarini ro`yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar yuksak samaralar berayotganini ta`kidladi.

Bayram san`at ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi bilan yakunlandi.

Boshqa yangiliklar