Ispaniya chempionati 26-turidan keyin “Barselona” etakchisi Lionel Messi to`purarlik borasida yaqqol peshqadamga aylandi.
Messi so`nggi turda “Selta”ga qarshi (5:0) o`yinda 2 ta gol urgandi. Bundan tashqari, u 2 ta golga hammualliflik qildi.

Keyingi o`rinlarni mos ravishda Luis Suares (20), Krishtianu Ronaldu (18), Yago Aspas (14) va Antuan Grizmann (12) band qilgan.






