AsosiySport

Sanches “Arsenal” futbolchilari bilan urushib qoldi va mashg`ulotlarni tark etdi

'Sanches “Arsenal” futbolchilari bilan urushib qoldi va mashg`ulotlarni tark etdi'ning rasmi

Londonning “Arsenal” jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches 27-turidan o`rin olgan “Liverpul”ga qarshi o`yindan oldin (1:3) klubdoshlari bilan urishib qoldi.

28 yoshli chililik futbolchi «Arsenal» futbolchilari bilan urishib qolgan va mashg`ulotni tark etgan. Shuning uchun Sanches “Liverpul”ga qarshi o`yin asosiy tarkibida maydonga tushmadi va ikkinchi bo`limda o`yinga qo`shildi, Arsen Venger bu qarorni taktika bilan bog`lagandi.

Sanchesning «Arsenal» bilan shartnomasi 2018 yil yoziga qadar tuzilgan. Klub futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Unga ko`ra Sanches hozirgi maoshidan ko`ra (haftasiga 130 ming funt) 50 ming ko`proq oladi. Biroq u 250 mingdan kam taklifni ko`rib chiqmoqchi emas.

Boshqa yangiliklar