AsosiyJamiyat

​Toshkentdagi markaziy ko`chaga buyuk turkman shoiri Maxtumquli nomi berildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Mirzo Ulug`bek va Yashnobod tumani hududida joylashgan Taraqqiyot ko`chasi o`rniga buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomi berildi.

Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri, turkman adabiyoti, madaniyati rivojiga ulkan hissa qo`shgan Maxtumquli (1733-1793) Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olib, o`zbek adabiyotining o`tmish namoyandalari asarlari bilan yaqindan tanishgan, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligining Axborot xizmati.

Maxtumquli o`zbek adabiyoti, madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishib, bir qancha liroepik dostonlar, juda ko`p g`azallar yaratgan. Maxtumquli ijodining turkman adabiyoti tarixidagi o`rni, uning o`zbek-turkman adabiy aloqalar sohasidagi ahamiyati taniqli o`zbek va turkman olimlarining ilmiy ishlarida keng yoritilgan.

Maxtumquli o`z she`rlarining birida o`zbek xalqining mutafakkir shoiri Alisher Navoiyni ustoz sifatida hurmat qilishini bildirgan. Maxtumquli Navoiyning lirika sohasidagi asarlaridan ta`sirlanib, ustozning g`azal va muxammaslari uslubida manzur asarlar yaratdi.

Boshqa yangiliklar