Italiya chempionati 27-tur markaziy o`yinida “Roma” o`z maydonida “Napoli” futbolchilarini qabul qildi.
Anchagina murosasiz kechgan o`yinda neapolliklar 2:1 hisobida g`alaba qozondi. G`oliblar safida har ikki golni Dris Mertens kiritdi.
Mag`lubiyatga qaramay, “Roma” 59 ochko bilan 2-o`rinda qoldi, “Napoli” ochkolarini 57 taga etkazib, uchinchi pog`onada rimliklarni quvigda davom etmoqda.
Roma – Napoli 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 26 Mertens, 0:2 – 50 Mertens, 1:2 – 89 Strotman.
Roma – Shchensni, Fasio (Bruno Peres, 52), Manolas, Jezus, Ryudiger, de Rossi (Paredes, 79), Perotti, Nainggolan, Strotman, El-Shaaravi (Salax, 52), Jeko.
Napoli – Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Mertens (Zelinski, 74), Rog, Kalexon, Gamshik (Milik, 79), Insine, Jorjino (Diavara, 66).
Ogohlantirishlar: Rog (17), Manolas (45), de Rossi (65), Gulyam (83), Perotti (90).






