“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich klub muxlislari tomonidan fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Qizil iblislar” rasmiy saytida bo`lib o`tgan so`rovnoma natijasiga ko`ra, shvesiyalik forvardga 79% respondent ovoz berdi va Genrix Mxitaryan hamda Pol Pogbadan o`zib ketdi.
Fevral oyida Zlatan 7 o`yinda 7 ta gol urdi. Uning “Sautgempton” darvozasiga kiritgan dubli “MYu”ga Angliya Liga Kubogini olib keldi.






