AsosiyJamiyat

Toshkent shahridagi markaziy ko`chalardan biriga Islom Karimov nomi berildi

'Toshkent shahridagi markaziy ko`chalardan biriga Islom Karimov nomi berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov xotirasini abadiylashtirish to`g`risida”gi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini birlashtirib turuvchi O`zbekiston ko`chasiga Islom Karimov nomi berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Mustaqil O`zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o`zbek xalqining ulug` va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o`zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko`p asrlik tarixida o`chmas iz qoldirdi.

Boshqa yangiliklar