AsosiyJamiyat

​Jismoniy tarbiya va sport qo`mitasiga rahbar tayinlandi

'​Jismoniy tarbiya va sport qo`mitasiga rahbar tayinlandi'ning rasmi

Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori Qurbonov Rustam Javdatovich Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasiga rais etib tayinlandi.

Rustam Qurbonov – mehnat faoliyati davomida bir qator rahbar lavozimlarda xizmat qilgan. Jumladan, Toshkent shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo`yicha birinchi o`rinbosari, Bektemir tumani hokimi, O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi prezidenti, "O`zbekturizm” kompaniyasi raisi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri, 2009 yildan boshlab Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori lavozimida faoliyat ko`rsatgan.

Foto: daryo.uz

    Boshqa yangiliklar