AsosiyJamiyat

​Madaniyat vazirligiga rahbar tayinlandi

'​Madaniyat vazirligiga rahbar tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoniga asosan Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasitashkil etildi.

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat ko`rsatayotgan Muratov Maxmud Mo`minovich Madaniyat vaziri etib tayinlandi, deb xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

M.Muratov - 1970 yildan Respublika bolalar musiqa tarbiya internat o`qituvchiligidan mehnat faoliyatini boshlagan. So`ngra Madaniyat ishlari vazirligi Maxsus tadbirlar va konkurslar bo`limi mudiri, musiqa tashkilotlari boshqarmasi boshlig`i, O`zbekiston davlat filarmoniyasi rahbari, Madaniyat ishlari vazirining birinchi o`rinbosari, Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri direktori, 2015 yildan Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat ko`rsatgan.

Boshqa yangiliklar