Rossiyaning Tver shahrida joylashgan viloyat bolalar klinikasida sodir bo`lgan yong`inni o`chirish uchun o`t o`chiruvchilar bir necha soat vaqt sarfladi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Tver shahrining tibbiyot muassasasida juma kuni kechqurun yong`in sodir bo`ldi. Yong`in chiqishiga kasalxonaning uchinchi qavatidagi xonalardan biridagi alanga sabab bo`ldi. Kuchli yong`inni ko`tara olmagan binoning tomi tongda quladi. Baxtli tasodifga ko`ra, mazkur yong`indan hech kim jabrlanmadi. 220 ming odam kasalxonadan evakuasiya qilindi. Yong`in bir ming ikki yuz kvadrat maydonni egalladi, u kuchaytirilgan tartibda o`chirildi. Yong`inni o`chirishga Rossiya FVV ning 52 ta texnikasi, 193 nafar xodimi bilan birga qo`shimcha ravishda 232 nafar odam, 69 ta texnika ham jalb etildi.






