Filippin aholisini to`lqin qirg`oqqa olib chiqqan noma`lum, serjun maxluqning jasadi vahimaga soldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Nashrning xabar berishicha, odamlar qo`rquvga tushgan bo`lsa-da,ataylab noma`lum maxluqning jasadini tomosha qilish, u bilan esdalikka suratga tushish uchun plyajga kelishdi.

Ma`lumotlarga qaraganda, ulkan maxluqning jasadi juda serjun bo`lgan. Uning qanday hayvon ekanligini hech kim tushunmagan. Voqeaga guvoh bo`lgan odamlar turli farazlarni ilgari surgan. Ulardan biri maxluqni “Avatar: Aanga haqida afsona” multserialidagi hayvonga o`xshatgan. Ammo olimlar mazkur hodisaga aniqlik kiritib, bu ikki hafta ilgari o`lgan kitning jasadi ekanligini ma`lum qildi.







